Chexiya Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi

Maqola manzili Chop etish harfni kichraytirish harfni kattalashtirish

Konsullik yig’imlari

Chexiya Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vizalarni rasmiylashtirish va berish uchun Chexiya Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasida quyidagi konsullik yig’imlari o’rnatilgan:

Chexiya Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi konsullik yig'imlarining 2013 yil 1 noyabrdagi holati

To'lovlar faqatgina AQSh dollarida naqd pullarda qabul qilinadi. 2000 yildan eski bo'lmagan, turli xil muhr va yozuvlarsiz, kir bo'lmagan, buzilmagan, ranglari o'chmagan, buklanmagan, sinmagan, egilmagan, ho'l bo'lmagan banknotlargina qabul qilinadi. Vizaga rad etilgan holda to'langan konsullik yig'imi qaytarilmaydi.

Tasdiqlash

(chorshanba kunlari 4:00 dan 16:00 gacha)

  • fotonusxa - 16 AQSh dollari har bir A4 formatdagi sahifa yoki undan kichikrog'i uchun
  • taqdim etilgan tarjimaning tog'riligi - 16 AQSh dollari har bir A4 formatdagi tarjima sahifasi uchun
  • imzo - 13 AQSH dollari har bir tasdiqlangan imzo uchun
  • oliy tasdiq (superlegalizasiya) - 32 AQSh dollari

Shengen vizasi (C) uchun murojaatnoma

(viza talabnomasi 10 ish kuni davomida ko’rib chiqiladi)

  • 82 AQSh dollari

  • 48 AQSh dollari - 6 yoshdan 12 yoshgacha bolalar uchun
  • 48 AQSh dollari - Rossiya, Moldava yoki Ukraina pasporti egalari uchun
  • to'lovsiz - 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun
  • to'lovsiz - maqsadi ta'lim yoki o'quv kursi bo'lgan talabalar uchun
  • to'lovsiz - diplomatik pasport egalari uchun
  • to'lovsiz - Chexiya yoki boshqa YI davlatlari yoki g'arbiy Yevropa davlati fuqarosi oila a'zosi uchun
  • to'lovsiz - Chexiyada ilmiy izlanish maqsadi bo'lgan mutaxassis uchun
  • to'lovsiz - maqsadi ta'lim yoki o'quv kursi bo'lgan talabalarni kuzatayotgan o'qituvchilar uchun
  • to'lovsiz - maqsadi notijorat tashkilot tomonidan tashkillashtirilgan seminar, konferensiya, sport, madaniy yoki ta'lim tadbirlarida ishtirok etadigan 25 yoshgacha bo'lgan notijorat tashkilotlar xodimlari uchun

Bepul viza olish uchun tegishli hujjatlarni taqdim etish lozim.

Chexiyada istiqomat qilish uchun uzoq muddatli viza (D)ga hujjatlar topshirish

(hujjatlar www.visapoint.eu sahifasida ro'yxatga yozilish orqali topshiriladi)

  • 265 AQSh dollari - O'zbekiston pasporti egalari uchun

  • 133 ASh dollari - Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va ba'zi davlatlar pasporti egalari uchun
  • to'lovsiz - 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun
  • to'lovsiz - maqsadi ta'lim yoki o'quv kursi bo'lgan talabalar uchun
  • to'lovsiz - Chexiyada ilmiy izlanish maqsadi bo'lgan mutaxassislar uchun
  • to'lovsiz - maqsadi ta'lim yoki o'quv kursi bo'lgan talabalarni kuzatayotgan o'qituvchilar uchun
  • to'lovsiz - diplomatik yoki xizmat pasport egalari uchun
  • to'lovsiz - vizani yangi pasportga ko'chirish holatida
  • to'lovsiz - uzoq muddatli yoki Chexiyada doimiy yashashga ruxsat olish maqsadida viza olish zarurligi holatida

Chexiyada yashashga ruxsat olish uchun hujjatlar topshirish

(hujjatlar www.visapoint.eu sahifasida ro'yxatga yozilish orqali topshiriladi, YI fuqarolari va Ko'k kartadan tashqari holatda, chex tiliga tarjimon bilan birga kelish lozim)

  • 53 AQSh dollari - ko'k karta (EU Blue Card)ga murojaatnoma yoki yashil kartaga murojaatnoma uchun
  • 53 AQSh dollari - ko'k karta yoki yashil karta egasi bo'lgan oila a'zosiga qo'shilish uchun murojaatnoma
  • 27 AQSh dollari - boshqa holatlarda
  • to'lovsiz - YI yoki G'arbiy Yevropa davlatlari fuqarolari uchun
  • to'lovsiz - Chexiya yoki YI boshqa davlatlari fuqarosining to'g'ridan to'g'ri oila a'zosi bo'lgan fuqarolik holati muhim bo'lmagan shaxslar uchun