Chexiya Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi

Maqola manzili Chop etish harfni kichraytirish harfni kattalashtirish

O’zbekiston chex daftarlarida

Chexiya Respublikasi ta’lim, yoshlar va sport vazirligi “Comenia Script yozma shriftlarini tekshirish” dasturi doirasida maktab bolalari ikkinchi sinf o’quvchilari uchun yangi “Men yo’lda ham yoza olaman” deb nomlangan daftarni namoyish etdi. Bu daftarning muallifi Radana Lencova bo’lib, daftar birinchi marotaba 2011 yil “Mir” nashriyotida chiqarilgan edi. Daftardagi illustratsiya muallifi esa Jitka Petrova. Daftar butun dunyo bo’ylab sayohat sifatida o’ylab chiqarilgan. Bolalar harflarni o’rganayotganlarida, o’sha harf bilan boshlanadigan davlatni sayohat qiladilar.”U” harfi O’zbekiston uchun atalgan. Bundan tashqari, o’quvchilar davlatning nomi qay tarzda to’gri yozilishini o’rganadilar, va O’zbekistongacha bo’lgan masofa poezdda 5 kunni tashkil etishini ham o’rganadilar. Daftardan Jaromír Červenek sherlari ham joy olgan.