Chexiya Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi

Maqola manzili Chop etish harfni kichraytirish harfni kattalashtirish

Ko'rgazma: chex-o'zbek arxeologik ekspedisiyasiga 10 yil

Qachon: 13.09.2013 - 15.10.2013, Joyi: Termez

2013 yil 13 sentyabr juma kuni soat 12:00da Termez shahri muzeyining yangi binosida O'zbekistondagi chex va o'zbek arxeologiyasining 10 yilligiga bag'ishlangan "O'rta Osiyoda" ko'rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ko'rgazmada chex va o'zbek arxeologlari tomonidan o'rganilgan hududlarni tasvirlab beruvchi matnlar va fotosuratlar namoyish etilgan. Birinchi marotaba ko'rgazmada yoshi ber necha ming yildan oshgan eksponatlar namoyish etilgan. Ochilish marosamida Cheiya Respublikasining O'zbekiston Respblikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hynek PEJCHA, uning o'rinbosari Roman MASAŘÍK va chex arxeologik ekspedisiyasi rahbari Ladislav STANČOlar ishtirok etishdi. Madaniy dastur ham bo'lib o'tdi. Ko'rgazma joriy yilning dekabr oyiga qadar davom etadi.
O'zbekistonning janubida joylashgan Sherobod shahrida 2002 yildan boshlab Pragadagi Karlov Universiteti yosh arxeolog guruhi muntazam faoliyat olib bormoqda. 2011 yilda Toshkentdagi Chexiya Elchixonasi chex-o'zbek hamkorligidagi ekspedisiyasi natijalarining namoyishini tashkil etgan edi. Mazkur namoyish 2012 yili Pragadagi Karlov Universitetida ham bo'lib o'tgan edi. Termezdagi ko'rgazma munosabati bilan Karlov Universiteti Filosofiya fakulteti rus tilida 90 sahifali "Jondavlattepa va Sherobod tumanidagi arxeologik izlanishlar. Chex-o'zbek arxeologik ekspedisiyasiga 10 yil" nomli kitob chop etdi.